Tailandda yangi bosh vazir saylanadigan parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Jahon 08:30 / 24.03.2019 2107

24 mart kuni Tailandda 2011 yildan beri ilk parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Saylov uchastkalari soat 17:00gacha ishlaydi.

Ovozlarning katta qismi 4 ta asosiy partiya o‘rtasida taqsimlanishi kutilmoqda. Saylovlarda ishtirok etishga partiya ro‘yxatlari bo‘yicha 2,8 mingdan ko‘proq nomzod qo‘yilgan. 44 ta partiyadan 68 nomzod bosh vazir lavozimi uchun kurashadi.  

Aholisi 69 mln.lik Tailandda 51,4 mln kishi ovoz berish huquqiga ega.

Mamlakatda 2014 yil mayda harbiy to‘ntaruv amalga oshirilgan. Isyon oqibatida hokimiyat tepasiga general Prayut Chan-Ocha kelib, bosh vazir lavozimini egallagan. U o‘zi tomonidan boshlangan siyosiy islohotlarni yakunlagach, parlament saylovlarini o‘tkazishga va mamlakatni demokratiya yo‘liga qaytarishga va'da bergandi.

Saylov komissiyasi va mahalliy hokimiyatlar saylovlarda ehtimoliy tartibsizliklar yuz berishining oldini olish uchun choralar ko‘rgan, shu maqsadda barcha saylov uchastkalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: