Sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoni jangga chorladi

Sport 16:53 / 24.03.2019 16979

Livanlik og‘ir vaznli bokschi Manuel Charr ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoni jangga chorladi. U bu haqda o‘zining Instagram-akkaunti post qoldirdi.

Charr 42 yoshli Klichkoning ringga qaytishi ehtimolidan xursandligini bildirdi. U ukrainalik bokschini rasman jangga chorlashini ma'lum qildi.

19 mart kuni DAZN striming platformasi Vladimir Klichkoga ringga qaytishi uchun 80 mln dollarlik shartnoma taklif qildi. Kompaniya unga 3 ta jang o‘tkazishi uchun shuncha pul to‘lashga tayyor.

Klichko so‘nggi bor 2017 yilda ringga chiqqan va britaniyalik Entoni Joshuaga mag‘lub bo‘lgan. 

34 yoshli Charr WBA yo‘nalishida muntazam jahon chempioni hisoblanadi. U 35 g‘alabaga erishgan va to‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan.

Ko‘proq yangiliklar: