Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari sektor rahbarlarining shaxsiy sayyor qabullari jadvali e'lon qilindi

Jamiyat 20:58 / 24.03.2019 12055

Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida joriy yilning 1 mayga qadar viloyat sektorlari rahbarlarining hududlarda shaxsiy sayyor qabullar o‘tkazishadi.

Sektor rahbarining ommaviy sayyor qabulida boshqa sektorlar rahbarlari o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etadi.

Avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyati sektor rahbarlarining shaxsiy sayyor qabullari jadvalini e'lon qilgan edik.

Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari sektor rahbarlari sayyor qabullari grafigi bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting

Quyida Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari sektor rahbarlarining shaxsiy sayyor qabullari jadvali keltirilgan.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va viloyatdagi barcha sektorlar, tashkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan 26 mart kuni soat 09:00 dan boshlab Urgut tumani aholisi uchun Urgut iqtisodiyot kolleji binosida, 27 mart kuni soat 10:00 dan boshlab Kattaqo‘rg‘on tumani aholisi uchun Payshanba shaharchasi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 4-uyda joylashgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosida hamda 30 mart kuni soat 10:00dan boshlab qo‘shrabotliklar uchun «Qo‘ralos» mahallasida joylashgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosida sayyor qabullar o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: