Samarqand: Qizlar bir kunga «Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi»ga aylanadi

Jamiyat 15:10 / 24.03.2019 5391

Samarqanddagi “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti doirasida qizlar tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida bir kunlik amaliyot o‘tashadi. Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.

Samarqand shahridagi yoshlar markazida bugun Respublika xalq ta'limi vazirligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti o‘z ishini boshladi. 

O‘quvchi-qizlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasb-hunarga o‘rgatish, shuningdek, milliy urf-odat va an'analar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlash, umumta'lim maktablaridagi “Qizlarjon” klublari faoliyatini takomillashtirish kabi maqsadlarni ko‘zlagan sammitda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 14-18 yoshdagi 140 nafar o‘quvchi-qiz ishtirok etmoqda.

Sammitda “Qizlarjon” klubi koordinatorlari, xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, hunarmandlik, AKT sohasi bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchi-qizlar, innovatsion g‘oyalar mualliflari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, yoshlar ittifoqi sardorlari hamda profilaktik hisobdagi tarbiyasi yaxshilanayotgan qizlar ishtirok etmoqda. Ular to‘rt kun davomida guruhlarga bo‘lingan holda psixologik treninglar, mahorat darslari, hunarmand o‘quvchi-qizlar mahsulotlari savdo-yarmarkasida qatnashadi. 

“Dublyor” loyihasi doirasida qizlar tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida bir kunlik amaliyot o‘taydi.

Mashg‘ulotlarni olib borish uchun respublikadagi taniqli olimalar, fan, madaniyat va san'at arboblari, hatto, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan Anoka Ramsey instituti professori, Volf Laure xonim tashrif buyurgan.

Ko‘proq yangiliklar: