Ruminiya Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qildi

Jahon 21:07 / 24.03.2019 5757

AQSh-Isroil jamoat aloqalari qo‘mitasining (AIPAC) Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan anjumanida Ruminiya bosh vaziri Viorika Denchile uning davlati AQShdan o‘rnak olib, Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishini e'lon qilgan. 

Denchile anjuman ishtirokchilari oldidagi nutqida AQShning qarori ramziy ko‘rinishga ega bo‘lgani va Amerika hamda yahudiy xalqlari o‘rtasida mustahkam aloqa hamda umumiy qadriyatlar borligini ko‘rsatishini aytgan.   

Denchilening aytishicha, elchixonaning ko‘chirilishi jarayoni Ruminiyada qarorlar qabul qilinishida ishtirok etuvchi barcha konstitutsion sub'yektlar bilan muvofiqlashtirilgan. “Men Ruminiya bosh vaziri sifatida elchixonamiz Al-Quds, Isroil davlati poytaxtiga ko‘chirilishini ma'lum qilishdan xursandman”, deb aytgan Denchile.   

Ko‘proq yangiliklar: