Qanday hollarda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari auksionsiz ajratiladi?

Jamiyat 21:17 / 24.03.2019 26454

Telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali qanday hollarda yer uchastkalari auksionsiz ajratilishi haqida ma'lumot berdi.

Qonunchilikka muvofiq quyidagi fuqarolarga uy-joy qurish uchun yer uchastkalari auksionsiz ajratiladi:

  • halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga;
  • davlat va xususiy uy-joy fondidagi o‘zlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga o‘tkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga.

Ushbu toifaga kirmaydigan fuqarolar uy-joy qurish uchun yer uchastkasini elektron auksion (e-auksion.uz) orqali sotib olishi mumkin. 

Yer uchastkasini berish bo‘yicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa a'zolariga tatbiq etilmaydi.

Yer uchastkasini auksionsiz olish uchun tuman (shahar) hokimligiga ariza berish kerak.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • doimiy yashash joyi bo‘yicha uy-joy kadastr hujjati nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
  • yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolar toifalarining birortasiga mansublikni tasdiqlovchi hujjat.

Ariza maxsus komissiya tomonidan o‘n kunda ko‘rib chiqiladi.

Komissiya ijobiy xulosa chiqarsa, hokim yer uchastkasi berish haqida bir kunda qaror qabul qiladi hamda uch kunda yer uchastkasi chegaralari o‘lchab beriladi.

Agar fuqaroning yerni auksionsiz olishga haqqi bo‘lib, bo‘sh yer uchastkalari mavjud bo‘lmagan holatlarda, u elektron navbatga kiritiladi. Bunda, navbatni internet orqali kuzatib borish imkoniyati yaratilishi lozim.

Navbat tartibida yer uchastkalarini olishga ehtiyojmand fuqarolar ro‘yxati tuman (shahar) hokimi tomonidan har olti oyda kamida bir marta tasdiqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: