OPEK Xalqaro rivojlanish fondi Namangan viloyatida ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi

O‘zbekiston 14:10 / 24.03.2019 3352

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punkti va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta'minlashga qaratilgan loyiha tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi xabardor qilindi, deb ma'lum qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Loyihaning umumiy qiymati 54 mln dollarga teng bo‘lib, uni 2020-2025 yillarda amalga oshirish mo‘ljallangan. 

Loyiha amalga oshirilishi natijasida Namangan viloyatining 200 mingdan ortiq asosan qishloq joylarida yashovchi aholisi toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.

Qayd etilishicha, OPEK OFIDning krediti besh yillik imtiyozli muddat bilan 20 yilga beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: