«No brexit» – Londonda millionlab kishilar namoyishga chiqdi

Rob Pinney / London News Pictures / ZUMA / Scanpix / LETA
Buyuk Britaniya poytaxti Londonda millionlab kishilar norozilik namoyishiga chiqdi. Ular qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi bo‘lishmoqda.
29 mart kuni Buyuk Britaniya tashkilotdan rasman chiqib ketishi va «Brekzit» amalga oshishi kerak edi. Ammo bosh vazir Tereza Mey Yevropa Ittifoqidan «Brekzit»ni iyunga ko‘chirishni so‘ragan.
Agar oy oxirigacha kelishuv ma'qullanmasa, u holda qirollik Yevropa Ittifoqini 12 aprel kuni, hech qanday o‘tish davrisiz tark etadi.
Hukumatning aniq harakatlar qilmayotgani fuqarolar noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ular vaziyat qaysi tomonga bo‘lsa ham tezroq hal bo‘lishini talab qilishmoqda.
Britaniyada 2016 yil 26 iyunda qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun referendum o‘tkazilgan va unda saylovchilarning 51,9 foizi YeIdan chiqishni ma'qullab ovoz bergan. Biroq «Brekzit» haligacha amalga oshmadi.
Police estimate TWO MILLION marched today, asking the gov’t to put this shambles back to the people, with no incident of violence or damage. Those who oppose us send death threats to elected representatives.
— Alex Andreou (@sturdyAlex) 23 marta 2019 g.
We know who we are and we know who you are. pic.twitter.com/eVyDe6HpMF
Fuqarolar ayni damda eng to‘g‘ri yo‘l qayta referendum o‘tkazish deb hisoblashmoqda. Ko‘pchilik qayta referendumda aksariyat odamlar qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi ovoz berishiga ishonmoqda.
Aerial footage shows 'hundreds of thousands' of people attending protest in London calling for a referendum on the final #Brexit deal https://t.co/zWgMYVnpr2 pic.twitter.com/xRCb3fLt6R
— BBC News (UK) (@BBCNews) 20 oktyabrya 2018 g.
Mavzuga oid

10:42 / 03.03.2025
Tusk: Londonda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinmadi

09:42 / 03.03.2025
Zelenskiy: Londonda Ukraina xavfsizlik kafolatlarini muhokama qildim

08:26 / 03.03.2025
Parij va London Ukrainada bir oylik sulhni taklif qildi

19:20 / 02.03.2025