Myanmadagi portlashda 16 kishi halok bo‘ldi

Jahon 22:14 / 24.03.2019 5699

Myanma sharqidagi Shan shtatida joylashgan ombordagi portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, portlash 23 mart kuni “muxtor hudud Va”dagi Mongmao shahrida yuz bergan. Omborda qurilish materiallari, gaz ballonlari va portlovchi moddalar saqlangan.

“Bizda bunday ko‘p sonli jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda ba'zi qiyinchiliklar bo‘ldi. Shu sababli ularni qo‘shni Xitoyga davolanish uchun jo‘natdik”, deb aytgan “Va davlati birlashgan armiyasi” vakili Ni Rang.

Ma'muriy jihatdan Myanmada Shan shtatiga kiruvchi ikkita “Va muxtor hududi” mavjud. Vaning o‘zidagilar o‘z yerini alohida “davlat” yoki Myanma ittifoqi tarkibidagi shtat deb hisoblashadi.

Ko‘proq yangiliklar: