Maduro AQSh va Guaydoni uni o‘ldirish rejasini tayyorlashda aybladi 

Jahon 07:30 / 24.03.2019 13471

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh va muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni uni o‘ldirish rejasini tayyorlashda aybladi.  

“Amerika imperializmi meni o‘ldirmoqchi. Bu iblis qo‘g‘irchog‘i [Guaydo] meni o‘ldirish uchun shaxsan boshchilik qilgan rejani fosh qildik. Bizda isbotlar bor, biroq ular bizni yenga olmadilar va yenga olmaydilar ham, chunki bizni Tangrining o‘zi himoya qiladi”, deb aytgan Maduro tarafdorlari oldidagi nutqida.  

Maduro nutqi davomida Guaydoni bir necha marta “iblis qo‘g‘irchog‘i” deb atagan.

Venesuelada 21 yanvardan boshlab Maduroga qarshi norozilik namoyishlari davom etib kelmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: