Klublararo jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 1 milliard yevroni tashkil qiladi

Sport 20:16 / 24.03.2019 8880

Tokioda 2021 yilda o‘tadigan klublararo jahon chempionati mukofot jamg‘armasi 1 milliard yevroni tashkil qiladi. FIFAning yangi turniri 2021 yilda 17 iyundan 4 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

FIFA prezidenti Janni Infantino bu borada FIFAning keyingi 10 yil ichidagi musobaqalariga 20,3 mlrd yevro sarmoya qiladigan investorlar guruhiga boshchilik qilayotgan SoftBank yapon banki bilan kelisha olgan.

Yangi musobaqa Konfederatsiyalar kubogi o‘rnini egallashga chorlangan. Avval klublar bu turnirdagi ishtirokdan moliyaviy naf olmagan bo‘lsalar, endi ishtirok uchun mukofot puli beriladi va u ancha mo‘maygina pulni tashkil qiladi.

Yevropa klublari assotsiatsiyalari (YeSA) yangi musobaqaga qarshi chiqib, Yevropaning yetakchi klublari bu musobaqani e'tiborga olmasliklarini aytgan.   

Musobaqada Yevropadan 8 ta klub – oxirgi 4 yildagi Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi musobaqalarining 4 tadan g‘oliblari, Janubiy Amerikadan 6 ta klub, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan 3 tadan klub va Okeaniyadan bitta klub, jami 24 ta klub ishtirok etadi. Klublar 3 tadan qilib 8 ta guruhga bo‘linadi. Guruhlar g‘oliblari pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Yangi musobaqa har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. 

Ko‘proq yangiliklar: