Braziliya 21 asrda ikkinchi marta Markaziy Amerika vakilini yenga olmadi

Sport 08:40 / 24.03.2019 6119

Braziliya terma jamoasi Panamaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozonolmadi. Portugaliyaning Portu shahridagi «Dragau» stadionda kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.

Brazillar o‘yinning 32-daqiqasida Lukas Paketaning golidan keyin hisobni ochdi, unga bu vaziyatda Kazemiro assistentlik qildi. Panamaliklar esa 4 daqiqa o‘tiboq javob qaytarishdi, Adolfo Machado Erik Devisning pasini kuchli zarba bilan golga aylantirdi.

Shu tariqa, Braziliyaning Markaziy Amerika vakiliga qarshi o‘yinlarda 9 uchrashuv davom etgan g‘alabali seriyasi yakunlandi. Bu o‘yinlarda braziliyaliklar bitta ham gol o‘tkazmagan holda 24:0 hisobidagi to‘plar nisbati ustunligini qayd etishgandi. Panama Braziliyaga yutqazmagan Markaziy Amerikaning beshinchi vakili bo‘ldi.

Brazillar Markaziy Amerika vakillariga qarshi jami 28 o‘yin o‘tkazib, 23 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Pentakampionlar oxirgi marta 2001 yilda markaziy amerikaliklarni mag‘lub etolmagandi, o‘shanda braziliyaliklar Hondurasga imkoniyatni boy berib qo‘yishgan (0:2).

Braziliya terma jamoasi «global tur»ni davom ettiradi. Keyingi o‘yin 26 mart kuni Pragada Chexiyaga qarshi o‘tkaziladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Portu, Portugaliya
Braziliya – Panama 1:1
(1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 32 Lukas Paketa, 1:1 – 36 Machado.
Braziliya – Ederson, Fagner, Miranda, Telles, Eder Militao, Artur (Felipe Anderson, 72), Lukas Paketa (Everton, 60), Koutino, Kazemiro, Risharlison, Firmino (Gabriel Jyezus, 60).
Panama – Mexiya, Machado, Murilo (Blekmen, 85), Eskobar, Devis, Kuper (Walker, 82), Rodriges (Arroyo, 89), Kintero (Braun, 85), Godoy (Vargas, 90), Kammingz, Torres (Faxardo, 74).
Ogohlantirishlar: Kammingz (26), Risharlison (35), Mexiya (73).

Ko‘proq yangiliklar: