Afrikadagi siklon qurbonlari soni 700 nafardan oshdi

Jahon 11:00 / 24.03.2019 17372

Afrika janubi-sharqiga yopirilgan «Iday» tropik sikloni sababi yuz bergan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 700 kishidan oshdi. Bu haqda BBC News xabar tarqatdi.

Tropik siklon toshqinlarga olib kelib, uylarning vayron bo‘lishiga sabab bo‘lgan hamda Zimbabve, Malavi va Mozambikda elektrenergiya ishida uzilishlar keltirib chiqargan.

Mozambik hukumati 417 nafar qurbon haqida ma'lumot bergan. Zimbabveda 259 kishi halok bo‘lgan, yuzdan ortiq kishi bedarak ketgan, Malavidagi qurbonlar soni rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra - 56 nafar.

Yakuniy talofatlar suv toshqinlari bartaraf bo‘lgach o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijasida ma'lum qilinadi.

BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtirish boshqarmasi Buzi va Zambezi daryolari qirg‘oqlaridan toshishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Mozambikda vaboga va bezgakka chalinish holatlari qayd etilgan.

Bundan avvalroq «Iday» sikloni Mozambikning hududi jihatidan ikkinchi yirik shahrini va mamlakatning eng yirik portlaridan biri — Beyrani butunlay vayron qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hududning qariyb 90 foizi butunlay vayron bo‘lgan. Aloqa tizimlari, yo‘llar to‘liq ishdan chiqqan. Ayrim tumanlarga yetib borishning imkoni yo‘q. Beyradagi port va aeroport bir necha kundan beri yopiq. Shaharga siklon yog‘ilishidan oldin unda 400 mingdan ortiq kishi yashagan. Tsiklon hududda kuchli suv toshqinlarini keltirib chiqargan. 

Ko‘proq yangiliklar: