O‘tirish holatidagi turmush tarzining badali katta

Light 15:30 / 23.03.2019 25198

Ish kuni davomida necha soat o‘tirishimiz va qancha vaqt turishimiz kerak? Bu savolga ko‘plab olimlar javob berishga harakat qilishmoqda. Chunki o‘tirish holatidagi turmush tarzi hamma joyda kuzatiladigan holat bo‘lib, u sog‘liqdagi jiddiy muammolarga sabab bo‘ladi.

Foto: Layfxaker

Jismoniy faollikning yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi, shu jumladan bir joyda uzoq vaqt o‘tirish saraton va qandli diabetdan tortib, yurak qon-tomirlari kasalliklari, jigarning alkogol bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘nlab surunkali kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Ergonomika mutaxassislari ogohlantiradi: bir joyda juda uzoq vaqt turish kerak emas, chunki bu sog‘liqqa salbiy ta'sir qiladi, vena tomirlarining varikoz kengayishi, bel va oyoqdagi og‘riqlar, uyqu arteriyasi kasalliklari xavfini orttiradi.

Yechim – kun davomida faoliyatlar turini o‘zgartirish. Kun davomida faqat o‘tirish va turish birdek yomon.

Alan Xeydj, Kornell universitetining ergonomika professori

Ofisda ishlash vaqtida har yarim soatda 20 daqiqa o‘tirish, sakkiz daqiqa turish, qolgan vaqtda esa yurish va cho‘zilish mashqlarini bajarish lozim, deya tavsiya qiladi professor Xeyj. Agar 10 daqiqadan ko‘proq turilsa, odam bukchayishni boshlaydi, bu esa bel va tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: