Kaan Urganjio‘g‘li o‘zbekistonliklarni Navro‘z bilan tabrikladi

Jamiyat 14:36 / 23.03.2019 13885

Turkiyalik taniqli aktyor Kaan Urganjio‘g‘li «Baron-2» filmini suratga olish jarayonida qatnashish uchun O‘zbekistonga keldi.

Kun.uz muxbiri aktyor bilan uning filmda gavdalantirayotgan obrazi, «Baron-2» loyihasi va O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida suhbatlashdi.

Suhbatda Kaan Urganjio‘g‘li O‘zbekiston xalqini va turkiy xalqlarni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi:
«21-mart - Navro‘z kuni O‘zbekistonga keldim. Sumalak ham kavladim. Bu butun dunyo turkiy xalqlari orasida yilning, ko‘klamning boshlanishi sanaladi. Sevgi, mehr-muhabbatga to‘la yil bo‘lsin. Har bir insonga bu sana ezguliklar olib kelsin. Navro‘zingiz bilan qutlayman. Navro‘z bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin».

Turkiyalik aktyor Kaan Urganjio‘g‘li bilan suhbatning to‘liq shaklini tez orada Kun.uz’ning YouTube va Mover sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: