Allegri «Yuventus»dan ketadi, uning o‘rniga nomzod topilgan

Sport 17:13 / 23.03.2019 18815

«Napoli»ning sobiq sport direktori Perpaolo Marinoning aytishicha, «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakunida klubdan ketishga qaror qilgan.

«Allegri «Yuventus»da qolmaydi. Bu – uning tanlovi, u oldinga qarab intilmoqchi.

Turindagilar Allegri o‘rniga Deshamni tanlab bo‘lishgan», – dedi Marino Tuttosport’ga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Fransiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Dide Desham uchun «Yuve» begona emas. U 2006/07 mavsumida «byankoneri»ni B Seriyadan A Seriyaga olib chiqqan, ammo keyin transfer siyosati masalasida rahbariyat bilan kelisha olmay, klubni tark etgandi.

Avvalroq «Yuventus» Allegri o‘rniga Zinedin Zidanni taklif qilmoqchi ekani haqida ma'lumot bo‘lgan, ammo fransiyalik murabbiy «Real»ga qaytishni afzal bilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: