Facebook foydalanuvchilar parollari himoyalanmagan holda saqlanganini tan oldi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ma'muriyati foydalanuvchilar akkauntlari parollarining bir qismi himoyalanmagan holda saqlanganini tan oldi.
“Yanvarda xavfsizlikni tekshirish doirasida foydalanuvchilarning ba'zi parollari ma'lumotlarni saqlash ichki tizimlarimizda o‘qisa bo‘ladigan formatda saqlanganini aniqlaganmiz. Bu e'tiborimizni tortdi, chunki tizimga kirish uchun tizimlarimiz parollarni o‘qib bo‘lmaydigan qilib shifrlashga loyihalangan”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, ushbu muammo ijtimoiy tarmoqning yuz millionlab va Instagram xizmatining o‘n minglab foydalanuvchilariga ta'sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Kompaniyada parollar ijtimoiy tarmoqdan tashqarida u-bu kimga ko‘rinmaganiga ishontirishgan hamda akkauntlar noqonuniy kirishga uchragani izlari aniqlanmagani ta'kidlab o‘tilgan.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda muammo bartaraf etilgan va ijtimoiy tarmoq ma'muriyati ehtiyot chorasi sifatida parollari nomaqbul holatda saqlangan barcha foydalanuvchilarga xabar berilishini aytgan.
Mavzuga oid

12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida

20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi

19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi

17:10 / 28.11.2024