Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi uydirma ekani ma'lum bo‘ldi

Foto: Aleksandr Kondratyuk / RIA Novosti
Rosstat Rossiyada sanoatning o‘sish sur'atlari deyarli ikki yillik rekord darajaga yetgani haqida xabar berdi - uning ma'lumotlariga ko‘ra, sanoat korxonalari ishlab chiqarishi 2019 yil yanvar oyidagi 1 foizdan fevral oyidagi 4,1 foizgacha tezlashgan. Rosstat hisob-kitoblari iqtisodchilarni hayratga soldi, sababi o‘tgan uch oy ichida iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarish sur'atining pasayishi kuzatilgandi, deb yozmoqda «Kommersant'» gazetasi.
Nashrning aniqlik kiritishicha, Rosstat ma'lumotlari ham iqtisodchilar kutilmalari, ham statistik idoraning o‘z so‘rovlariga mos kelmaydi. Tahlilchilar ta'kidlashicha, agar mavsumiy va taqvimiy ta'sirlar hisobga olinsa, unda yil boshidan buyon sanoat ishlab chiqarishida o‘sish sur'ati umuman kuzatilmagan.
Oliy iqtisodiyot maktabi (OIM) «xom» statistika asosida o‘z hisob-kitoblarini amalga oshirib, mavsumiy omillarni hisobga oldi va 2019 yil fevral oyida Rossiya iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha o‘sish sur'atlari bo‘lmaganini aniqladi. OIMdan aniqlik kiritilishicha, 2019 yil fevralida 2018 yil fevral oyiga nisbatan bir ish kuniga ko‘p bo‘lgan - shuning uchun ishlab chiqarishning o‘sishi go‘yoki kuzatilgan. Shu bilan birga, OIMdan qayd etishlaricha, agar hisob-kitoblarda mavsumiy ta'sir va taqvim inobatga oladigan bo‘lsa, unda sanoat ishlab chiqarishi ikki oyda o‘sgani emas, balki jiddiy ravishda pasaygani ma'lum bo‘ladi.
Rosstat noto‘g‘ri hisob-kitoblar uchun bir necha bor tanqid qilingan. Xususan, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, idora Rossiyada qurilish sanoati o‘sishi 5,3 foiz bo‘lgani haqida ma'lum qilgan, biroq noyabr oyi boshida yillik o‘sish sur'ati atigi 0,5 foizga baholangan. Ushbu yuqori ko‘rsatkichlar keyinchalik Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga yil yakunlari bo‘yicha YaIM o‘sishini, taxmin qilinganidek, 1,8 foiz emas, balki 2 foizga baholash imkonini berdi. Tahlilchilar bu raqamlarni tanqid qilib, ularni o‘ylab topilgan, deb atashdi. Rosstat metodologiyasini mamlakat bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov ham tanqid ostiga olib, agentlik hisob-kitoblari sifati «dahshatli», usul esa «shaffof emasligi»ni ta'kidlagan.
Rosstat 2017 yildan buyon Maksim Oreshkin boshchiligidagi Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga bo‘ysunadi. Aleksandr Surinov 2009 yildan 2018 yilgacha idoraga rahbar bo‘lgan. 2018 yil dekabrida u iste'foga chiqdi, uning o‘rnini Iqtisodiy rivojlanish vazirligi sobiq amaldori Pavel Malkov egalladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025