Fergyusonning «MYu»dagi oxirgi o‘yinida chaynagan saqichi auksionda yarim million dollarga sotildi

Foto: AFP
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning bu lavozimdagi so‘nggi o‘yinida chaynagan saqichi bo‘lagi auksion savdolariga qo‘yildi, deb xabar bermoqda The Sun.
Ma'lum qilinishicha, saqich 390 ming funt (450 ming yevro)ga sotilgan. Ushbu mablag‘ «Manchester Yunayted» xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ser Fergyusonning «MYu» bosh murabbiyi sifatidagi oxirgi o‘yini 2013 yil mayida «Vest Bromvich»ga qarshi kechgan va unda 5:5 hisobi qayd etilgandi. 77 yoshli murabbiy 27 yil davomida «qizil iblislar»ni boshqargan.
Mavzuga oid

18:07 / 18.10.2019
Fergyuson Chempionlar Ligasi o‘yinini sotganlikda ayblandi

18:34 / 11.05.2019
Dunyoning eng sovrindor murabbiylari e'lon qilindi

12:55 / 22.12.2018
Fergyuson «Manchester Yunayted»ga munosib murabbiy nomzodini aytdi

23:17 / 07.05.2018