Xiaomi Redmi 7’ni taqdim etdi. Uning narxi 100 dollardan boshlanadi

Fan-texnika 12:09 / 19.03.2019 41015

Xiaomi Redmi Note 7 va Redmi Note 7 Pro’ga nisbatan kichik versiya bo‘lgan Redmi 7 arzon smartfonini taqdim etdi. Modelning narxi 100 dollardan boshlanadi, deb xabar qilmoqda Ferra.

Redmi 7 oldingi Redmi 6’ga qaraganda sezilarli darajada katta ekranga ega bo‘ldi. Smartfon HD+ (720×1520 piksel) kenglikka ega 6,26 dyuymlik displey, 12+2 Mp.lik ikkita asosiy kamera va 8 Mp.lik frontal kamera, orqa panelda barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Akkumulyator 4000 mAs hajmga ega.

Foto: Xiaomi

Uskuna asosiga sakkiz yadroli Snapdragon 632 protsessori, 2, 3 yoki 4 GB operativ va 16, 32 yoki 64 GB ichki flesh xotira aylandi. Ikkita SIM-karta, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 5.0, GPS + GLONASS, FM-radio, IK-port, quloqchinlar uchun 3,5-mm raz'yem bilan jihozlangan.

O‘lchovlar 158,65×76,43×8,47 mm, og‘irligi esa - 180 grammni tashkil etadi. Ish MIUI 10 qobig‘iga ega Android 9 Pie operatsion tizimi ostida amalga oshiriladi.

Xiaomi Redmi 7 ko‘k, qizil va qora ranglarda 2+16 GB uchun 104 dollar, 3+32 GB uchun 119 dollar va 4+64 GB uchun 148 dollarlik narxda taqdim etiladi. Xitoyda sotuvlar 2019 yil 26 martda boshlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: