Ommabop mahsulotlarning jiddiy xavfi isbotlandi

Light 12:49 / 19.03.2019 18426

Garvard universiteti olimlari yuz mingdan ziyod kishini qamrab olgan keng miqyosli tadqiqot o‘tkazdilar va tarkibida shakar bo‘lgan ichimliklarni iste'mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari hamda saratondan o‘lim holati xavfini oshirishini isbotladilar. Shu bilan birga, bir kunda shakar o‘rnini bosadigan moddaga ega ichimlikni to‘rt stakan yoki undan ko‘proq iste'mol qilish ayollarda o‘lim xavfi darajasini oshiradi. Bu haqda MedicalXpress xabar bergan.

Mutaxassislar 1980-2014 yillarda 80 647 ayol va 1986-2014 yillarda 37 716 erkak kishi ishtirokida olingan ma'lumotlarni tahlil qilishdi. Ko‘ngillilar o‘z turmush tarzini baholash uchun so‘rovdan o‘tishdi, ularning salomatligi holati esa har ikki yilda aniqlandi.

Ma'lum bo‘lishicha, tarkibida shakar mavjud bo‘lgan ichimliklarni bir oyda bir donadan to‘rt donagacha iste'mol qilish erta o‘lim xavfini 1 foizga, haftada ikki donadan olti donagacha - 6 foizga, kuniga bir donadan ikki donagacha - 14 foizga, kuniga ikki dona yoki undan ko‘proq ichish - 21 foizga oshiradi. Shu bilan birga, ichimliklar va o‘lim ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ayollarda erkaklarga qaraganda ko‘proq namoyon bo‘lgan.

Erta o‘limning asosiy sababi yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lib chiqdi. Shirin ichimliklarni ko‘p iste'mol qilganlarda bunday yakunning yuzaga kelish ehtimoli 31 foizni tashkil etdi. Har bir qo‘shimcha ichimlik xavfni yana 10 foizga oshirgan. Tarkibida shakar bo‘lgan ichimliklarni shakar o‘rnini bosuvchi moddalarga ega ichimliklarga almashtirish o‘lim xavfini sezilarli darajada qisqartirgan, ammo ularning haddan ortiq iste'moli (kuniga to‘rt marta) hayot davomiyligining pasayishiga ham olib kelgan.

Bundan oldin, qovurilgan tuxum yurak uchun xavfli bo‘lishi mumkin ekani aniqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: