Turkiya va Eron birinchi marta birgalikda aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazdi

Foto: AFP
Turkiya va Eron 18 mart kuni Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) a'zolariga qarshi birinchi marta birgalikda aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazdi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma'lum qildi.
“Bugun ertalabki soat 8 dan boshlab birinchi marta Eron bilan birgalikda operatsiya o‘tkazmoqdamiz”, deb ma'lum qilgan Soylu.
“Anadolu” axborot agentligining xabar berishicha, Anqara va Tehronning KIPga qarshi qaratilgan operatsiyasi davomiy ko‘rinishga ega. Birgalikdagi harakatlar turk-eron chegarasida olib borilmoqda. “Operatsiya natijalari haqida keyinroq e'lon qilamiz”, deb aytgan Soylu.
KIP 1984 yildan beri Turkiyaning asosan kurdlar yashaydigan janubi-sharqiy hududlariga mustaqillik berilishi uchun kurashib keladi. Turkiya va Eronda KIP terrorchilik tashkiloti deb hisoblanadi.
Mavzuga oid

11:01 / 10.03.2025
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

14:11 / 08.03.2025