Toshkentdagi plogging harakatida 40 qop chiqindi yig‘ildi

Jamiyat 17:54 / 18.03.2019 4248

Joriy yilning 17 mart kuni Toshkent shahrida ko‘ngilli faollardan tashkil topgan Tashkent runners jamoasi tomonidan Rlogging o‘tkazildi. Unda o‘nlab befarq bo‘lmagan fuqarolar eko yurishni amalga oshirishdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Yakshanba kuni Tashkent runners jamoasi ko‘magida Hashar week tashabbuskorlari tomonidan o‘tkazilgan aksiyaning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Rlogging ikki muhim maqsadni – yugurish va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilishni o‘z ichiga olganligi bilan ahamiyatli. U Skandinaviya davlatlarida ommalashgan sport harakatlaridan biriga aylangan. 

Atigi 1 soat davom etgan aksiya doirasida jamoaning 30 nafar a'zosi shahar markazidan 40 qop chiqindi yig‘ishga erishdi. Rlogging so‘ngida Tashkent runners asoschilari ushbu aksiyada eng ko‘p chiqindi yiqqan ishtirokchilarni 3 yo‘nalishdagi nominatsiya bo‘yicha taqdirlashdi.

Ko‘proq yangiliklar: