Qozog‘iston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

O‘zbekiston 16:40 / 18.03.2019 6940

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Darxon Sotiboldi Omongeldiyevichni Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. 

Ayni vaqtda 44 yoshda bo‘lgan Darxon Sotiboldi O‘zbekistonga chegaradosh Sariog‘och tumanining Abay qishlog‘ida tug‘ilgan. 

U shu vaqtga qadar Qozog‘iston Senati a'zosi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Darxon Sotiboldi 2013—2015 yilda Chimkent shahri hokimi, 2015—2015 yillarda esa Janubiy Qozog‘iston (hozirgi Turkiston) viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Yerik Utembayev 2018 yilning oktyabrida salkam 400 ming dollar miqdoridagi mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlanib, elchilikdan chetlatilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: