Qashqadaryoda ayol kishi gaz plitasi ustiga chelak qo‘yayotganida yonib ketdi

Jamiyat 16:36 / 18.03.2019 13132

2019 yil 15 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Gala qishlog‘ida yashagan S.O. ismli ayol uyi oshxonasida suvni isitish maqsadida gaz plitasi ustiga chelak qo‘yayotganida ehtiyotsizligi ortidan olov kiyimiga o‘tib, yonib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada S.O. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 16 mart kuni shu yerda vafot etgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: