Gollandiyada notanish shaxs tramvay yo‘lovchilarini o‘qqa tutdi

Jahon 17:13 / 18.03.2019 11679

Gollandiyaning Utrext shahrida shaxsi hozircha o‘rnatilmagan noma'lum kimsa tramvay yo‘lovchilarini o‘qqa tutgan. Jarohatlanganlar mavjud, halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma'lumot yo‘q, deb xabar bermoqda BBC.

Mahalliy nashr ma'lumotiga ko‘ra, otishmada eng kamida bir kishi vafot etdi. Mahalliy politsiyaning terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tramvay bekatini to‘sib, yo‘lni o‘rab olgan. Favqulodda vaziyatlarni ko‘zlab, turli xizmat maxsus mashinalari voqea joyiga yetib kelgan.

Utrextdagi maktablarni yopish bo‘yicha yo‘riqnoma berilgan. Mergan qo‘lga olingani aytilmoqda, politsiya terrorizm bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni istisno etmayapti.

OAV mergan yakka harakatlanmaganini aytmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: