«Five roses» – ayollar uchun mashhur brend mahsulotlari va sifatli xizmatlarni aks ettiruvchi go‘zallik markazi (foto)

Jamiyat 13:10 / 18.03.2019 14210

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani «Qoratosh» ko‘chasida «Five roses» universal go‘zallik markazi o‘z faoliyatini boshladi.

«Five roses»  xususiy korxonasiga qarashli mazkur go‘zallik markazi har qanday nozik did sohibalarining istaklariga to‘la mos keluvchi turli mahsulot va xizmatlarni o‘zida aks ettiradi. Xususan, ikki qavatdan iborat markazning birinchi qavatida sifati jihatidan jahon miqyosida eng yuqori baholanuvchi turli brend firmalarning parfyumeriya, kosmetika va boshqa gigiyenik mahsulotlar, zargarlik buyumlari, ayollar sumkalari shuningdek, sifatli, bejirim hamda barcha mavsumlar uchun oyoq kiyimlari o‘rin olgan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O‘zbekistonda kosmetik va gigiyenik mahsulotlar taklif qilayotgan turli xil do‘konlarning soni ortib borayotganiga qaramay sifatli kosmetikani “topish” hamon katta mehnat va e'tiborni talab qiladi. «Five roses» universal go‘zallik markazi esa nozik xilqat vakilalarining sifatli kosmetika, turli gigiyenik vositalar topish borasidagi ana shunday muammolarini to‘la hal etadi.

Sababi, mazkur markazda ayollar va qizlar uchun dekorativ kosmetika shuningdek, boshqa turdagi kosmetik vositalarning eng sifatli va keng assortimentlari sizga taklif etiladi.

«Five roses» go‘zallik markazi mehmonlari o‘ziga mos, issiq kunlarda ham ko‘tarinki kayfiyat va yoqimli xotiralarni hadya etuvchi, atrofdagilarning g‘ashiga tegmaydigan yengil bahoriy va yoz iforini beruvchi atirlarni xarid qilishlari mumkin.

Turli ko‘rinishdagi va bejirim ayollar sumkalari, oyoq kiyimlar esa har qanday injiq mijozning ham didiga mos kelishi aniq.

Ayollarni go‘zal taqinchoqlarsiz tasavvur qilish mushkul. «Five roses» go‘zallik markazining mutaxassislari ayollar va va qizlarimiz uchun o‘z yoshi, qomati va kiyinish uslubiga mos keluvchi barcha turdagi zargarlik buyumlarini topish uchun ko‘maklashadi.

Ularni o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun sovg‘a sifatida xarid qilish sizga va yaqinlaringizga quvonch olib kelishi aniq.

«Five roses» majmuasi unga bir bor tashrif buyurgan ayollarning sevimli manziliga aylanishi ham shubhasiz. Sababi, ayollarning go‘zal va maftunkor ko‘rinishiga ko‘maklashishni bosh maqsad qilib olgan markazning ikkinchi qavatida eng zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan go‘zallik markazi joylashgan. Bu yerda ayollarga professional kosmetolog, vizajist va stilistlar xizmat ko‘rsatadi.

 

«Ayol kishi har doim o‘z latofatini saqlab qolishi va bunga yetarlicha vaqt ajratishi kerak deb o‘ylayman. «Five roses» go‘zallik markazi bu yo‘lda ayollarimiz kutganidan ham yaxshiroq majmua bo‘lishiga intilamiz», - deydi markaz menejyeri Ziroat Muhammedxonova.

«Five roses» go‘zallik markazining ochilish marosimi yig‘ilgan mehmonlar, xaridorlar va savdo do‘koni egalari ishtirokida bayramona tarzda o‘tdi. O‘zbek estrada yulduzlarining tadbirdagi ishtiroki esa mehmonlarga qo‘shimcha xush kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, go‘zallik majmuasi tomonidan tadbirning barcha mehmonlariga har biri 100 ming so‘mlik bo‘lgan maxsus cheklar taqdim etildi. Mehmonlarga ushbu maxsus cheklar orqali markazdan o‘zlari yoqtirgan mahsulotlarni xarid qilish imkoniyati yaratildi.

Faoliyatining dastlabki kunidayoq markazda ko‘pgina xaridlar amalga oshirildi. Bu xaridorlarga o‘ziga xos quvonch baxsh etgani aniq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq saytimiz orqali mazkur go‘zallik markazida ko‘rsatiladigan xizmatlar va xarid qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida batafsil ma'lumot bergan edik.

Bizning manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, «Qoratosh» ko‘chasi 3B uy «Five roses» go‘zallik markazi.

☎️Telefon: +998935530909

+998998036078

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram: https://t.me/five_roses

Instagram: www.instagram.com/_five_roses_

Facebook: www.fb.com/fiverosesofficial

Ish vaqti: 10:00 dan 22:00ga qadar.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: