Aurus avtomobillar qatorida vertolyot paydo bo‘ladi

Fan-texnika 08:44 / 18.03.2019 9842

Aurus premial avtomobillar qatorida vertolyot paydo bo‘ladi. Vertolyot “Aurus-Ansat” deb nom olgan. Hozirda uning bazaviy versiyasi “Ansat”ni ishlab chiqarish bilan Qozon  vertolyot zavodi shug‘ullanadi.

Ushbu vertolyot ishlab chiqarilishi 2013 yilda boshlangan. U har biri 360 ot kuchiga ega ikkita Pratt & Whitney PW-207K aviatsiya motori bilan jihozlangan.

Vertolyot to‘liq bakda 510 km yo‘l uchib o‘ta oladi, uning tezligi 275 km/soatni tashkil qiladi.  

Vertolyotning Rossiya rahbariyatiga mo‘ljallangan lyuks versiyasi Aurus sedani va limuzinini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan NAMI instituti va “Vertolety Rossii” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda yaratiladi. 

“Aurus-Ansat” ichi Aurus avtomobillari dizayniga monand ishlanadi. Bu uning salonida qimmatbaho materiallar va boshqa hashamatlik elementlari bo‘lishini nazarda tutadi.

Vertolyotning ilk namunasi joriy yozda MAKS-2019 aviashousida namoyish qilinishi kutilmoqda. Uning taxminiy narxi 10 mln rublni tashkil qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: