Soliq qo‘mitasi raisi nomidan soxta akkaunt Londonda ochilgan ​-​ DSQ

Jamiyat 20:11 / 17.03.2019 20240

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev nomidan yuritilayotgan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi soxta akkaunt ochish uchun Buyuk Britaniyaning London shahrida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami ishlatilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar tarqatdi.

«O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev nomidan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yaratilgan soxta akkauntlarni o‘rganish davomida, ularni qayd etish uchun Buyuk Britaniya poytaxti – Londonda ro‘yxatga olingan telefon raqamlari ko‘rsatilgani aniqlandi. Shu munosabat bilan, DSQ rahbariyati Facebook'ka murojaat qilib, ularning obro‘ va ishchanligiga putur yetkazayotgan soxta akkauntlarni yopishni so‘radi», — deyiladi xabarda. 

Qo‘mita xabariga ko‘ra, ​Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qo‘mita rahbari nomidan soxta akkaunt faol ravishda turli izoh va postlar qoldirmoqda. Aslida Musayev tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmagani bildirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: