Serb namoyishchilari prezident qarorgohini qamal qildi

Jahon 19:42 / 17.03.2019 8981

Belgrad shahridagi namoyishchilar Prezident qarorgohini jonli devor bilan o‘rab olishdi. ​«Andrichev venats»​ qarorgohi atrofiga to‘plangan omma prezidentning xalq bilan jonli muloqot qilishini talab qilyapti, deb xabar beradi Reuters.

Shunga qaramay namoyishchilar uyushgan tarzda aniq maqsadni ko‘zlamayotir: ularning shiori tez o‘zgarmoqda, goh prezident iste'fosi talab qilinsa, goh matbuot erkinligi va halol saylovlar, islohotlar so‘raladi. Dekabrda boshlangan namoyish aksiyalari 16 mart kuni jiddiy tus oldi.

Avval xabar berilganidek, namoyishchilar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich olib borayotgan ichki siyosatdan norozi bo‘lib​, Serbiya Radio va televideniye binosi​ni egallab olgandi. Mahalliy politsiya binoni ozod etishga muvaffaq bo‘lgan, ammo namoyishchilar endi prezident qarorgohini qamal qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: