«Liverpul» qiyin g‘alabaga erishib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Sport 21:10 / 17.03.2019 11556

Angliya Premer-Ligasida 31-tur o‘yinlari davom etmoqda. 

Chempionlik uchun kurashayotgan «Liverpul» 19-o‘rinda borayotgan «Fulhem» mehmoni bo‘lib katta qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda Sadio Mane hisobni ochgandi, 74-daqiqada mersisaydliklarning sobiq futbolchisi Rayan Babel Alisson hamda van Deykning xatosidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

81-daqiqada esa Jyeyms Milner penaltidan aniq foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Liverpul» ochkolari hisobini 76taga yetkazib oldi va vaqtincha chempionat yetakchisiga aylandi. Chunki «Manchester Siti» (74 ochko) kubok bahsida qatnashgani tufayli 31-tur o‘yinini keyinroq o‘tkazadi.

Angliya chempionati
31-tur
Fulhem – Liverpul 1:2
(0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 26 Mane, 1:1 – 74 Babel, 1:2 – 81, penalti Milner.
Fulhem – Riko, Chembers, Rim, Brayyen, Fosu-Mensa (Kristi, 73), Kerni (Kebano, 82), Seri (Sessenon, 65), Ayite, Zambo-Angissa, Babel, Mitrovich.
Liverpul – Alisson, Matip, Roberson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Fabino, Lallana (Milner, 72), Veynaldum, Mane, Firmino (Origi, 72), Saloh (Starrij, 90).
Ogohlantirishlar: Fabino (39), Zambo-Angissa (65), Brayyen (90).

Ko‘proq yangiliklar: