Husiychilar Saudiya Arabistoniga raketa uchirish bilan tahdid qilmoqda

Jahon 18:11 / 17.03.2019 12147

​Yamandagi husiychilar guruhi Xudoyda port shahri bo‘yicha BMT chiqargan rezolyutsiya ishlamasa, Saudiya Arabistoni va BAAga hujum qilish maqsadida ballistik qurollar va kuchlar shay qilinganini ta'kidladi. 

Husiychilar rasmiy vakili tarqatgan bayonotga ko‘ra, Yamandagi prezident Abd-Rabbu Mansur Xadini qo‘llab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni va BAAga havodan zarba berish uchun qurollar shay qilingan va xujum bo‘yicha qaror istalgan payt qabul qilinishi mumkin. 

 «Bizda mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, dushman Xudoydada harbiy eskalatsiyani rejalashtirmoqda va biz ularni kuzatishda davom etamiz. Bizning kuchlar ham munosib javob qaytarishga tayyor qilingan», — deydi Yahyo Saria. 

Mohiyatan Eron va Saudiya o‘rtasidagi ziddiyatning qurolli to‘qnashuvga aylanashi, bu kurash esa uchinchi davlat —​ Yaman hududida yuz berayotgani husiychilarda boshqa imkoniyat qoldirmayapti: ular havodan zarba berishga jiddiy tayyorlanmoqda.

Saudiya boshchiligidagi koalitsiya esa guruhni Stokholm bitimiga rioya qilmaslikda ayblagan. Husiychilar esa BMT kafolatini talab qilib, hudud nazoratini saqlab qolishni o‘ylamoqda. Ammo ikki taraf ham shahardan qo‘shinlarini olib chiqishga rozi bo‘lgandi.

Ixtilof husiychilar tomonidan Sanoda hokimiyatdan ag‘darilgan Xadini qo‘llab-quvvatlash ortidan kelib chiqdi. Qarama-qarshilik sababi esa diniy ta'limot va yo‘nalishlar bo‘lib, koalitsiya kuchlari Islomning sunniy yo‘nalishiga mansubdir.

Ko‘proq yangiliklar: