Yangi Zelandiyadagi masjidda otishma sodir etildi

Jahon 07:35 / 15.03.2019 9175

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidda noma'lum kimsa otishma uyushtirdi. Oqibatda 6 kishi yaralangan, deb xabar berdi New Zealand Herald nashri.

Guvohlarning aytishicha, shifoxonaga 6 kishi yetkazilgan, ulardan 2 nafari og‘ir ahvolda.

Radio New Zealand radiostansiyasi guvohlarga tayanib, otishmani shlem, ko‘zoynak va harbiycha kiyimda bo‘lgan erkak avtomatik quroldan olib borganini ma'lum qilgan.

Ta'kidlanishicha, voqea vaqtida masjidda 300 ga yaqin odam bo‘lgan.  

Ko‘proq yangiliklar: