Xalqaro hamjamiyat Suriyaga 7 milliard dollar yig‘ib berdi

Jahon 09:18 / 15.03.2019 8102

Ikki kun davomida Bryusseldagi Suriya bo‘yicha uchinchi xalqaro donorlik konferensiyasida 85tadan ortiq mamlakat va tashkilot vakillari Yaqin Sharqdagi mamlakatga 7 milliard dollar miqdorida insonparvarlik yordami yig‘ib berishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, konferensiya ishtirokchilari BMT shafeligida Suriya siyosiy jarayonini qo‘llab-quvvatlash zaruriyati haqidagi fikrga kelishgan. Shuningdek, tomonlar Suriyada terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha jadalroq harakatlarga chaqirishdi.

Konferensiya BMT va Yevropa ittifoqi talabiga binoan Suriya hukumati ishtirokisiz uchinchi marta o‘tkazildi. 

Bundan oldin, The Washington Post AQSh Asad bilan munosabatlarni yaxshilashga urinayotgan arab davlatlariga sanksiyalar bilan tahdid qilayotgani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: