Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya general-gubernatoriga hamdardlik maktubi yo‘lladi

Jahon 15:33 / 15.03.2019 22895

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Yangi Zelandiya general-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yo‘lladi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidda juma namozidan keyin sodir etilgan otishma oqibatida kamida 49 kishi halok bo‘ldi. Shifoxonalarga 30 ga yaqin yarador yetkazildi. 

Bundan oldin, Yangi Zelandiyadagi fojia tafsilotlari ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: