KXDR AQSh bilan muzokaralarni davom ettirish istagi yo‘qligini ma'lum qildi

Jahon 10:01 / 15.03.2019 12177

KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tsoy Son Xining Pxenyandagi matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya Koreya yarim orolining yadrosizlanishi bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralarni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Vazir o‘rinbosari ta'kidlashicha, KXDR Vetnamning Xanoy shahrida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp talab qilgan shartlarga ko‘nishni xohlamayapti.

«Bizda [AQSh bilan] bunday turdagi muzokaralarni olib borish istagi yo‘q», - dedi Tsoy Son Xi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin vaqt ichida AQSh bilan muzokaralar taqdiri haqidagi yakuniy qaror Kim Chen In tomonidan qabul qilinadi.

Bundan oldin, Janubiy Koreya KXDRdagi vaziyat bo‘yicha bayonot bergandi.

Janubiy Koreya Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi vakili Kim Chun Rakning so‘zlariga ko‘ra, Seul va Vashington KXDRda raketalar ishlab chiqish bilan bog‘liq tendensiyalarni diqqatlik bilan kuzatmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: