Innovatsion rivojlanish vazirligida yangi boshqarma tashkil etiladi

O‘zbekiston 15:03 / 15.03.2019 5442

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tarkibida Yoshlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi paydo bo‘ladi.

Bildirilishicha, u yangi tashkil etiluvchi Yoshlar akademiyasining ishchi organi etib belgilanadi.

Boshqarma Fanlar akademiyasining Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasini tugatgan holda, bo‘shaydigan budjet mablag‘lari hisobiga 5 ta shtat birliklari hisobidan tashkil etilishi mumkin.

Bundan oldin, O‘zbekistonda Yoshlar akademiyasi paydo bo‘lishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: