Davlat departamenti AQShni «tashvishga solayotgan» o‘nlab mamlakatlar haqida ma'lum qildi

Foto: AP
AQSh Davlat departamenti siyosiy rejalashtirish bo‘limi rahbari Kiron Skinnerning Vashingtondagi chiqishi davomida ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar taxminan 50ta mamlakat tufayli «tashvishga tushmoqda». Skinnerning so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap nafaqat AQShga yadro zarbasi berishga qodir bo‘lgan davlatlar haqida bormoqda.
«[Ushbu mamlakatlar] AQShga kiberurush, iqtisodiy urush, axborot urushi orqali ham zarar yetkazishi mumkin», - deydi Skinner.
Davlat departamenti vakili ushbu mamlakatlarning nomini ochiqlamagan.
Bundan oldin, AQShning Braziliya bo‘yicha rejalari ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39