Barcha amerikalik diplomatlar Venesuelani tark etdi

Jahon 00:56 / 15.03.2019 8248

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Venesuelada qolgan barcha amerikalik diplomatlar ushbu davlatni tark etishganini ma'lum qildi.

“Amerikalik diplomatlar endi bu missiyani boshqa joylardan amalga oshirishadi, ular u joylardan ham Venesuela xalqiga gumanitar yordamni boshqarishga yordam berishadi va zulmkorlikka qarshi mardlarcha kurashayotgan demokratiya namoyondalarini qo‘llab-quvvatlashadi”, deb aytgan Pompeo.  

Uning ta'kidlashicha, Vashington Venesuelada “demokratiyaga o‘tish boshlanishi” bilanoq yana ushbu mamlakatga qaytadi.

Amerikalik diplomatlarning aksariyati Venesuelani 24 yanvardayoq tark etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: