AQSh raketalar bitimida taqiqlangan raketalarni ishlab chiqishni boshladi

Jahon 11:23 / 15.03.2019 9619

Pentagon rasmiy vakili, podpolkovnik Mishel Baldanza AQShda O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bilan taqiqlangan raketalar uchun tarkibiy qismlar ishlab chiqarish boshlaganini tasdiqladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Qo‘shma Shtatlar yer ustida joylashtiriluvchi noyadroviy raketalarni ishlab chiqish bosqichida sinovlarni ta'minlash uchun tarkibiy qismlar ishlab chiqara boshladi», - dedi Baldanza.

Uning qayd etishicha, AQSh O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim to‘xtatilishiga «tayyor turishi kerak».

Baldanza yangi raketalar sinovi bo‘yicha aniq muddatlarga aniqlik kiritmagan. Biroq, uning ta'kidlashicha, agar Rossiya O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim shartlariga qaytsa, amerikalik harbiylar bunday qurollar ishlab chiqishni to‘xtatadi.

Bundan oldin, AQSh raketalar bitimidan chiqishi bilan raketa sinovini o‘tkazishi xabar berilgandi.

Reuters’ning o‘z nomini aytishdan bosh tortgan Pentagon yuqori martabali vakiliga asosan xabar qilishicha, Qo‘shma Shtatlar shu yilning avgust oyida yer ustida joylashtiriladigan qanotli raketa sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Aynan shu oyda Vashington O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqib ketishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: