Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik bolaning yuragi urishdan to‘xtagandi, biroq 2 soat deganda mo‘jiza ro‘y berdi

Foto: AsiaWire
Xitoylik bola hovuz oldida o‘ynayotib sirpanib ketdi va unga quladi. Bolaning yo‘qolganini sezishganida esa kech bo‘lgan edi, deb yozadi The Sun.
Bolaning hayotini saqlab qolgan 53 yoshli Yang Yu ota-onasi bilan dam olishga kelganda hovuzdagi suvda bola kiyimini ko‘rib qolgan. Erkak atrofdagilarni yordamga chaqirib, suvga o‘zini tashlagan. Hovuz tubida bolani topgan vaqtda u yuz tomoni bilan pastga qarab yotgan bo‘lgan. Bola zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar bolaning nafas olmayotganini bilgach yurak-o‘pka sohasi reanimatsiyasini o‘tkaza boshlashdi.
Shifokorlar 40 daqiqa ter to‘kishdi, biroq natija bo‘lmadi — bola na nafas olardi va na yuragi urardi. Ular o‘lim holatini qayd qilmoqchi bo‘lishganida bolaning onasi va bobosi ko‘zlarida yosh bilan jonlantirish jarayonini to‘xtatmaslikni iltimos qilishdi. Mutaxassislar reanimatsiyani davom ettirishdi va bolani sun'iy ventilyatsiya apparatiga ulashdi.
"Men uning yaqinlariga yo‘q deya olmadim, mening o‘rnimda boshqalar ham shunday qilgan bo‘lardi", - dedi shifokor.
110 daqiqadan keyin bola mustaqil ravishda nafas ola boshladi. Shifokorlar hayratda qolishdi. Bolani tekshiruvlar uchun Ibinya shifoxonasiga yo‘llashdi, zero kislorod yetishmovchiligi miya faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin edi. Doktor Van Bo bunday hayotga mo‘jizaviy qaytish holatiga 14 yillik tajribasi davomida birinchi marta duch kelganini aytdi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
-
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 19:34
-
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi
Jahon | 19:26
Mavzuga oid

08:10
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:41
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi

18:33 / 31.07.2025
Qozog‘istondagi ikkinchi va uchinchi AES Xitoy tomonidan quriladi

23:46 / 30.07.2025