Turkiyada 167 ta yangi mehmonxona quriladi

Jahon 19:58 / 14.03.2019 5041

Turkiya savdo vazirligi sarmoyachilarga 28,7 ming o‘ringa mo‘ljallangan 167 ta mehmonxona qurilishiga sertifikat berdi. Bu haqda Turkiya otelerlari ittifoqi dokladida aytilgan.  

Yangi mehmonxonalar mamlakatning 49 ta viloyatida barpo etiladi. Loyihalarning umumiy qiymati 3,05 mlrd turk lirasini (550 mln dollar) tashkil qiladi. Mehmonxonalardan 89 tasi 3 yulduzli, 38 tasi 4 yulduzli, 15 tasi butik-mehmonxonalar bo‘ladi. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida Turkiyada 8 mingdan ko‘proq yangi ish o‘rni yaratiladi.  

Yangi mehmonxonalar qurishga arizalar soni bo‘yicha 1-o‘rinni Istanbul egalladi, bu yerga Turkiyaga tashrif buyuruvchi sayyohlarning uchdan biri keladi. Shaharda 22 ta mehmonxona qurish rejalashtirilgan. Sayyohlar orasida ommaviy bo‘lgan janubiy Antaliya va Mugla viloyatlarida mos ravishda 17 ta va 14 ta, shimoliy Trabzon viloyatida 14 ta, g‘arbiy Izmir viloyatida 8 ta, sharqiy Van viloyatida esa 6 ta mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda.    

2018 yilda sarmoyachilarga 56 ta viloyatda 33 ming o‘ringa mo‘ljallangan 192 ta mehmonxona qurishga sertifikat topshirilgan. Bu loyihalarning umumiy qiymati 3 mlrd turk lirasidan ko‘proqni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: