Tramp Boeing 737 Max samolyotlarida parvozlarni amalga oshirishni to‘xtatishni buyurdi

Jahon 02:36 / 14.03.2019 6065

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasiga Efiopiyadagi aviahalokat sabablari aniqlashtirilmaguncha Boeing 737 Max 8 va Max 9 samolyotlarida parvozlarni amalga oshirishni darhol to‘xtatish topshirig‘ini berdi.
 
Bugungi kunga kelib kamida 45 ta davlat Boeing 737 Max samolyotlaridan foydalanishni to‘xtatdi. AQSh korporatsiyasi butun dunyo bo‘ylab buyurtmachilarga ushbu modeldagi samolyotlardan 385 ta yetkazib bergan, ulardan bevosita 344 tasi Efiopiyada halokatga uchragan 737 Max 8 modifikatsiyasidagi samolyotlardir.

Ko‘proq yangiliklar: