Toshkentda kuchli yer silkinishi kuzatildi

O‘zbekiston 02:50 / 14.03.2019 186265

14 mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 02:33da O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

Yevropa va O‘rtayer seysmostansiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Qozog‘iston hududida, Toshkent shahridan 29 km sharqda va 30 km chuqurlikda joylashgan, zilzila kuchi 4,7 ballni tashkil etgan.

O‘zbekiston FVV xabar berishicha, Toshkent shahrida zilzila kuchi 4 ballga, Guliston va Jizzaxda 2 ballga teng bo‘ldi.

O‘zbekistonning boshqa shaharlarida seysmik faollik kuzatilmagan. Vayronagarchiliklar va jabrlanuvchilar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida ham O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: