Saakashvili Ukraina hukumatini «chamadonlarni tayyorlashga» chaqirdi

Jahon 08:06 / 14.03.2019 16366

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina Oliy radasi vitse-spikeri Irina Gerashchenkoga javob qaytardi. U Saakashvilining Ukrainaga qaytish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qilgandi. Bu haqda Gruziya sobiq rahbari feysbukdagi o‘z sahifasida yozgan.

Saakashvilining ma'lum qilishicha, Ukraina fuqarosi sanaladi hamda «o‘z uyiga qaytmoqda». Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Ukrainaning «jinoiy rejimi» vakillaridan farqli ravishda mamlakat qonunlarini hurmat qiladi.

«Men sizlar talon-toroj etishingizga xalaqit berishmasligini xohlashingizni tushunaman, biroq Ukrainani Yevropadagi eng qashshoq mamlakat darajasiga tushirib qo‘ydingiz. Balki, odamlarga ertaklar aytishni to‘xtatish hamda jomadonlarni tayyorlash vaqti kelgandir?» - deb yozgan Saakashvili.

Shuningdek, u Ukraina hozirgi hukumatining «hokimiyat tepasidagi qudratli davri» yakuni yaqinlashib kelayotganini taxmin qildi.

Bundan oldin, Saakashvili Ukrainaga prezident saylovlarining ertasi kuni qaytishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: