Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida ikki yuztaga yaqin yuk mashinasi kutilmagan holat tufayli O‘zbekistonga o‘ta olmadi

Jahon 16:17 / 14.03.2019 30489

12 mart kuni taxminan soat 10:00larda «Kazigurt» bojxona postida «Astana-1» axborot tizimi ishida qisman uzilish yuz berdi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston Moliya vazirligining davlat daromad qo‘mitasi matbuot xizmati.

Shu sababdan mutaxassislar eksport vaqtida tovarlarning chiqib ketishi holatini tasdiqlay olishmagan. Modul qisman uzilishiga aloqa kanalining beqaror ishi olib kelgan. Soat 18:00lar atrofida o‘tkazish punkti yaqinida 180ta avtotransport vositasi yig‘ilib qolgan. 18:30dan boshlab axborot tizimi odatdagi tarzda ishlay boshladi.

«Keskinlikni kamaytirish uchun o‘tkazish punkti qo‘shimcha xodimlar bilan kuchaytirildi va chiqish yo‘nalishida 167tadan ortiq transport vositasi rasmiylashtirildi. Tashuvchilar bilan maslahatlashuv ishlari olib borildi hamda boshqa, yuklanish katta bo‘lmagan o‘tkazish punktlariga qayta yo‘naltirish amalga oshirildi», - deyiladi xabarda.

13 mart soat 16:00 holatiga ko‘ra, kelayotgan transport vositalari hisobga olingan holda O‘zbekistonga chiqib ketishni 90ta avtotransport vositasi kutib turgan.

«Turkiston viloyati davlat daromadlari departamenti va ijtimoiy tarmoqlarda 2018 yil noyabrdan boshlab har kuni soat 9:00 va 21:00da navbatlar paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘tkazish punktlari oldidagi transport vositalari soni haqida ma'lumot joylashtiriladi. Bu tashuvlar yo‘nalishini tanlash uchun ham kerak», - deya ta'kidlab o‘tishgan Davlat daromadlari qo‘mitasidan.

Hozirgi paytda shunga o‘xshash navbatlar paydo bo‘lishi vaqtida joylashish uchun o‘tkazish punktlari yaqinida turargohlar tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: