Qirg‘iziston prezidenti Yevropaning bir nechta davlatlariga tashrif buyuradi    

Jahon 21:55 / 14.03.2019 5036

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Germaniya, Shveytsariya, Fransiya, Vengriya va Ozarboyjonga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda uning o‘zi Qirg‘iziston diplomatik missiyalari rahbarlari bilan yig‘ilishda aytib o‘tdi.      

Jeenbekovning ta'kidlashicha, uning bu tashriflari savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi. 

Qirg‘iziston prezidenti Fransiya va Italiyada yashovchi qirg‘izistonliklar soni tobora oshib borayotgani sababli bu davlatlarda diplomatik vakolatxonalar ochishni taklif qildi.

“O‘ylaymanki, biz AQSh va Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni faollashtiramiz. Hozir AQSh bilan hamkorlikning yangi kelishuvi loyihasi bo‘yicha ish olib borilmoqda. Muhokama vaqtida o‘zaro manfaatlarni inobatga olish lozim. Noqonuniy olib chiqib ketilgan 4,6 mln dollarning remissiyasi ishning yaxshi boshlanishi bo‘ldi. Uni davom ettirish va doimiy asosda olib borish lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan Jeenbekov. 

Prezidentning aytishicha, G‘arb davlatlari bilan qayta ishlash, yengil, oziq-ovqat sanoati, energetika va turizm sohalarida iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash lozim.  

Ko‘proq yangiliklar: