OAV: AQSh raketalar bitimidan chiqishi bilan raketa sinovini o‘tkazadi

Jahon 08:13 / 14.03.2019 7895

Qo‘shma Shtatlar shu yilning avgust oyida yer ustida joylashtiriladigan qanotli raketa sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Aynan shu oyda Vashington O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqib ketishi mumkin. Bu haqda Reuters o‘z nomini aytishdan bosh tortgan Pentagonning yuqori martabali vakiliga asosan xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, gap harakatlanish radiusi 1 ming kilometr bo‘lgan, yer ustida joylashtiriluvchi qanotli raketa haqida ketmoqda.

«Biz avgust oyida yer ustida joylashtiriladigan qanotli raketani sinovdan o‘tkazmoqchimiz», - deya xabar berdi manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, ushbu raketalar 18 oydan so‘ng Amerika armiyasi tomonidan qabul qilib olinishi mumkin.

Bundan oldin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tomonidan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bajarilishini to‘xtatishga doir farmonni imzolagandi.

Ko‘proq yangiliklar: