Mirabror Usmonov og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi, u ayni vaqtda reanimatsiyada

O‘zbekiston 11:35 / 14.03.2019 59867

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining sobiq prezidenti, senator Mirabror Usmonov 12 mart kuni reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Bu ma'lumotni Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba Kun.uz’ga tasdiqladi.

71 yoshli Mirabror Usmonov o‘pka va nafas yo‘llari bilan bog‘liq xastalik sabab klinikaga yotqizilgan. Ayni vaqtda u behush qolmoqda, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurash olib borishmoqda.

Mirabror Usmonov 2005 yildan buyon Oliy Majlis Senati a'zosi hisoblanadi. U 1990—1992 yillarda O‘zbekiston Savdo vaziri, 1992—1994 yillarda «O‘zbeksavdo» raisi, 1994—2005 yillarda bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

U 2006—2017 yillarda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti bo‘lgan, 2013—2017 yillarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi hisoblangan.

Eslatib o‘tamiz, Mirabror Usmonov 1 mart kuni Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisining birinchi kunida ko‘rinish bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: