MDH mamlakatlari HHM birlashgan tizimini yanada rivojlantirishga kelishib oldi

Jahon 16:49 / 14.03.2019 12793

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari Qurolli kuchlari rahbarlari havo hujumidan mudofaa (HHM) birlashgan tizimini yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«Qo‘shma hamkorlik doirasida 2025 yilgacha harbiy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi asoslari tasdiqlandi, havo-kosmik mudofaa vazifalarini hal qilishga HHM birlashgan tizimini moslashtirish yo‘llari muvofiqlashtirildi, shuningdek, kelgusi yil uchun birgalikdagi tadbirlar rejalashtirildi», - deya xabar berdi Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov MDH mamlakatlari shtablar boshliqlari qo‘mitasi yig‘ilishi yopilishida.

U qo‘mita majlisi konstruktiv kayfiyatda bo‘lib o‘tganini ta'kidladi. MDH mamlakatlari shtablar boshliqlari dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida fikr almashishdi hamda Hamdo‘stlik davlatlari xavfsizligiga tahdidlarni tahlil qilishdi. «Yig‘ilish davomida biz Suriya Arab Respublikasidagi mojarodan keyingi yechim topish tajribasini umumlashtirdik», - dedi Gerasimov.

Qo‘mita ishida Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtablari delegatsiyalari ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: